Ishqoriy metallar by Farangiz Hayitova

Davriy sistemaning 1-guruhining bosh gruppachasida H2 bilan birga ishqoriy metallar joylashgan. Ishqoriy metallar − litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy,ularning oksidlanish darajasi +1,havoda oson oksidlanadi. Shuning uchun ular kerosinda saqlanadi. Litiydan boshqa ishqoriy metallar havoda qizdirilganda alangalanib, peroksidlar hosil qiladi. Litiy esa oksid (Li2O) hosil qiladi. Ishqoriy metallarning oksidlari metallarni shu metall peroksidi bilan birgalikda qizdirish orqali olinadi. Ishqoriy metallar suv bilan reaksiyaga kirishib, asos hosil qiladi va H2 ajralib chiqadi. Hosil bo'lgan asoslar suvda yaxshi eriganligi uchun ishqorlar deyiladi. shqoriy metallarning metallik xossalari litiydan boshlanib,seziyga tomon oshib boradi.

Natriy va kaliy ko‘p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Yer po‘stlog‘ida Na miqdori 2,64%, K - 2,6%. Bu 2 elementni 1807 yilda G.Devi kashf qilgan bo’lib tabiatda erkin holda uchramaydi. Ular kimyoviy jihatdan juda faol bo'lganligi uchun tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi. Natriyning eng ko‘p uchraydigan

birikmalari -NaCl (osh tuzi, toshtuz), chili

silitrasi(NaNO3), silvinit (KCl∙NaCl) va glauber tuzi (Na2SO4∙10H2O).Kaliyning eng ko‘p uchraydigan birikmalari silvinit (KCl∙NaCl),karnallit (KCl∙MgCl2∙6H2O), kainit (KCl∙MgSO4∙6H2O) va KCl. Dunyoda kaliyli tuzlarning eng katta qismi Uralda − Solikamskda (silvinit KCl∙NaCl va karnallit KCl∙MgCl2∙6H2O minerallari) topilgan. Bellorussiyada (Soligorsk shahrida) kaliyli

tuzlarning katta qatlamlari bor. Osh tuzining asosiy konlari Donbassda, Janubiy Uralda, Orenburg shahri yonida, Kavkaz, O‘rta Osiyo va Qozog'istondadir. O‘zbekistonda kaliyning tuzlari Qashqadaryo viloyatidagi

Tubokat, Surxondaryo viloyatidagi Xo‘jaikon konlaridan qazib olinadi.Toshtuz (natriy xlorid) Xo‘jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal’a konlaridan qazib olinadi.Borsakelmas toshtuzidan Qo‘ng‘irotda soda ishlab chiqarilmoqda.

Natriy va kaliy juda plastik, yumshoq, elektr toki va issiqlikni yaxshi o'tkazadi. Natriy va kaliy − kumush rangli oq metallar, natriyning zichligi 0,97 g/sm3,

kaliyniki − 0,86 g/sm3, pichoq bilan kesib bo’ladi. Natriy 97,8°da suyuqlanib, 900°da qaynaydi. Kaliy esa 69,5°da suyuqlanib, 776°da qaynaydi.

Tabiiy natriy bitta 23Na izotopdan, kaliy esa ikkita barqaror izotop 39K(93,08%) va 41K (6,91 %) hamda bitta radioaktiv 40K (0,01%) izotopdan tarkib topgan. Ilmiy tekshirishlarda sun’iy yo‘l bilan olinadigan radioaktiv izotoplar 22Na, 24Na va 42K ishlatiladi.

Ishqoriy metallar Na2O2, K2O4, Rb2O4, Cs2O4 tarkibli

peroksidlar hosil qiladi. Kislorod bilan boradigan reaksiyada ishqoriy

metallardan faqat litiy oksid hosil bo‘ladi:

4Li + O2 = Li2O Natriy va kaliy kislorodda yonganda peroksidlar Na2O2 va KO2 (yoki K2O4) hamda qo‘shimchalar sifatida Na2O, K2O hosil bo‘ladi (toza

oksidlar peroksidlarga metall qo‘shib qizdirib olinadi):

2Na + O2 → Na2O2

4Na + O2 → 2Na2O

2K + O2 = K2O2

Havoda natriy va kaliy tezda oksid qatlami bilan qoplanadi.

Shuning uchun ular kerosin ostida saqlanadi. Peroksidlar vodorod

peroksidning tuzidir.

Natriy peroksid (Na2O2) natriy metallining yonishi natijasida

hosil bo‘lgan modda. Karbonat angidridni yutish xossasiga ega. Uning

ana shu xossasidan suvosti kemalarining xonalarida yig‘ilib qolgan

karbonat angidridni bog‘lash maqsadida foydalaniladi.

2Na2O2 + 2CO2 → 2Na2CO3 + O2

Vodorod peroksid olish uchun ham natriy peroksiddan

foydalaniladi. Buning uchun sovuq sulfat kislotaga natriy peroksid

ta’sir ettiriladi.

Na2O2 + H2SO4 → Na2SO4 + H2O2

Superoksid shu reaksiyada erkin holdagi kislorodni ham hosil

qiladi:

K2O4+ H2SO4 = K2SO4+ H2O2 + O2

Peroksidlarga sovuq suv ta’sir ettirilsa, vodorod peroksid hosil

bo'ladi.

Na2O2 + 2H2O = 2NaOH + H2O2

Agar peroksidlarga issiq suv ta’sir ettirilsa yoki eritma isitilsa,

kislorod ajralib chiqadi.

2Na2O2 + 2H2O = 4NaOH + O2

Natriy peroksid sovuq suv ta’siridan vodorod peroksid hosil

qilganligi uchun har xil materiallarni oqartirishda ham ishlatiladi.

O‘yuvchi ishqorlar (KOH va NaOH) texnikada xloridlarning suvdagi

eritmasini elektroliz qilish yo‘li bilan olinadi.

Natriy va kaliy kuchli qaytaruvchilardir. Ular kimyoviy

reaksiyalarda tashqi qavatdagi bitta elektronini oson berib, musbat

zaryadlangan ionlar (Na+ va K+)ga aylanadi. Natriy va kaliy suvdan

vodorodni shiddatli siqib chiqaradi:

2Na + 2H2O = 2NaOH + H2, 2K + 2H2O = 2KOH + H2

Xlor barcha ishqoriy metallar bilan alanga hosil qilib reaksiyaga

kirishadi, suyuq holdagi brom reaksiyasida yuqoridan pastga

tushgan sari aktivlik kuchayadi (agar Li va Na brom bilan faqat

yuza qatlamigina oksidlansa, qolgan uchtasi esa portlash bilan reaksiyaga kirishadi). Yod bilan reaksiya ancha sust darajada sodir

bo’ladi.

2Na + Cl2 = 2NaCl(portlash),

2K + Cl2 = 2KCl (portlash)

Erkin holdagi oltingugurt ham galogenlar kabi aktiv reaksiyaga

kirishadi (odatda mahsulot E2S formulaga ega bo’ladi).

2Na + S = Na2S, (portlash)

2Na + 2S → Na2S2

2K + S = K2S (portlash)

2K + 5S → K2S5

Havo azoti bilan faqat Li reaksiyaga kirishib Li3N, uglerod

bilan karbid — Li2C2 (faqat qizdirilgandagina) hosil qiladi. Aktiv K

ham azotli birikma hosil qilishi mumkin.

Oltingugurt galogenlar bilan oson birikib, tuz hosil qiladi:

Natriy va kaliy qizdirilganda vodorod bilan birikib, gidridlarni

hosil qiladi. Ishqoriy metallarning vodorodli birikmalari RH formulaga

muvofiq keladi. Bular metallarning gidridlari −oq kristall moddalar.

Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi −1 bo‘ladi.

Gidridlarga suv ta’sir ettirilganda ishqorlar hosil boiadi:

Natriy va liyga kislotalar ta’sir ettirilganda tuzlar hosil bo’ladi.

Li stimulatorlik xossasiga ega, teratogen, antidepressant

xususiyatlari ham bor. Muskul to‘qimasida 0,023∙10−4 %, qonda 0,004

mg/l miqdorda bo‘ladi. Har kungi ovqat tarkibida 0,1-2 mg bo‘lishi

kerak. Zaharli dozasi 92-200 mg ga teng. Inson organizmida (70 kg)

o‘rtacha 0,67 mg miqdorda bo‘ladi. Na  muskul to‘qimasida 0,26-0,78 %, ilikda 1,0 %, qonda  1970 mg/l miqdorda bo‘ladi. Har kungi ovqat tarkibida 2-15 g bo‘lishi kerak. Zaharli emas. Inson organizmida (70 kg) o‘rtacha 100 g

miqdorda bo‘ladi. K muskul to‘qimasida 1,6 %, ilikda 0,21 %, qonda 1620 mg/l  miqdorda bo‘ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,4-3,4 g bo‘lishi kerak.

Zaharli dozasi 6 g. Inson organizmida (70 kg) o‘rtacha 140 g

miqdorda bo‘ladi. Tirik organizmlar hujayralaridagi K-Na nasosi hujayra

shirasidagi (ildizdan barglarga tuz eritmalarining yetkazib berilishi,

fotosintez jadallashuvini ta’minlash).Rubidiy stimulator xossasiga ega. Seziy muskul to‘qimasida 0,07-1,6∙10−4 %, ilikda 1,3—5,2∙10−6 %,

qonda 0,0038 mg/l miqdorda bo‘ladi. Har kungi ovqat tarkibida 0,004-

0,03 mg bo‘lishi kerak. Zaharli emas.